Bundesligada Levandovskiga teng keladigani topilmadi

  • 28 iyun, 2020, 10:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" forvardi Robert Levandovski Bundesliganing 2019/20 yilgi mavsumdagi eng yaxshi to‘purari deb topildi.

Polshalik to‘purar yakuniga etgan mavsum davomida chempionatda 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 34 ta gol urdi.

Bu borada kuchli uchlikdan “RB Leyptsig”ning sobiq hujumchisi Timo Verner (34 ta o‘yin, 28 gol) va “Borussiya” Dortmund vingeri Jeydon Sancho (32 ta o‘yin, 17 ta gol) joy oldi.

Bundesliganing joriy mavsumdagi eng yaxshi to‘purarlar o‘nligi bilan tanishib oling:

1. Robert Levandovski ("Bavariya", 34 gol);

2. Timo Verner ("RB Leyptsig", 28 gol);

3. Jeydon Sancho ("Borussiya" D, 17 gol);

4. Vaut Vegorst ("Volfsburg", 16 gol);

5. Rouen Xennings ("Fortuna", 15 gol);

6. Erling Xoland ("Borussiya" D, 13 gol);

7. Jon Kordoba ("Keln", 13 gol);

8. Robin Kvayson ("Maynts", 13 gol);

9. Florian Niderlexner ("Augsburg", 13 gol);

10. Serj Gnabri ("Bavariya", 12 gol).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!