Bundesligada navbatdagi iste’fo yuz berdi

  • 29 dekabr, 2020, 00:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Maynts” klubi bosh murabbiyi Yan-Morits Lixte iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, uning o‘rniga “Maynts”ning yoshlar jamoasi ustozi Yan Sivert vaqtincha bosh murabbiy lavozimida ishlab turadi.

“Yan-Morits Lixte - qiyin vaziyatda klub uchun ko‘p ish qilgan haqiqiy professional. Undan minnatdor bo‘lishimiz kerak. Biz Lixtening klubda qolishini istardik, ammo bu masalani keyinroq muhokama qilamiz”, - deb yoziladi klub bayonotida.

“Maynts” 13 turdan so‘ng Bundesliga musobaqa jadvalida 6 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!