Bundesligada oyning eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi
Bundesliga yanvar oyining eng yaxshi futbolchisini ma'lum qildi. Unga ko‘ra, ushbu sovrin "Bavariya" vingeri Maykl Olisega nasib etdi.
24 yoshli futbolchi yanvar oyida chempionat doirasida beshta uchrashuvda maydonga tushdi. Shu vaqt davomida u uchta gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi. Jumladan, "Leyptsig"ga qarshi o‘yinda uchta samarali uzatma qayd etgani alohida e'tiborga loyiq.
Qayd etish joiz, Olise avval ham noyabr oyida oyning eng yaxshi futbolchisi sifatida e'tirof etilgan edi.

Fikrlar