
Bunga chidash qiyin: Harri Keynchalik omadsiz futbolchi bo‘lmasa kerak
Germaniya mezbonlik qilgan Evropa Chempionatining finalida Ispaniya terma jamoasi angliyaliklarni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bu o‘yin Angliya terma jamoasi va “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn uchun antirekord sifatida qayd etildi.
30 yoshli futbolchi haligacha biror marta sovrin yuta olgani yo‘q. Buning uchun mashhur to‘purarda oltita imkoniyat bo‘lgan. Biroq Harri Keyn o‘ynagan jamoalarning birortasi oltita finalda umuman g‘alaba qozonmagan.
Boy berilgan finallar bilan tanishing:
2015 yil – Angliya ligasi kubogi
2019 yil – Chempionlar ligasi
2021 yil – Angliya ligasi kubogi
2021 yil – Evropa chempionati
2023 yil – Germaniya Superkubogi
2024 yil – Evropa cheipionati
Harri Keyn faoliyatidagi barcha finallarda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan va o‘zi biror marotaba raqiblar darvozasini ishg‘ol qila olmagan.
Fikrlar