
«Bunyodkor-2005» ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozondi
Turkiyaning Antaliya shahrida «Hane Cup-2019» musobaqasi davom etmoqda.
Bugun turnirdagi ikkinchi o‘yinini o‘tkazgan «Bunyodkor-2005» navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Kechagi uchrashuvdan farqli ravishda bugun «qaldirg‘ochlar» jiddiy qarshilikka duch kelishdi. Gruziyaning «Dinamo-Batumi» jamoasiga qarshi o‘ynagan Doniyor Usmonov shogirdlari har bir bo‘limda bittadan gol urib, uch ochkoni o‘zlariniki qilishdi. Birinchi bo‘limda "Bunyodkor" futbolchisi qizil kartochka olib maydonni tark etishga majbur bo‘ldi va jamoa o‘yin so‘nggiga qadar bir kishi kam bo‘lib harakat qildi. Unga qadar raqib penalti tepishga muvaffaq bo‘ldi, lekin foydalana olmadi. Bahs avvalida hammasi hamyurtlarimiz uchun teskari ko‘rinish olgan bo‘lsa-da, bolalar o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Aksincha, 20-daqiqada penaltidan hisobni ochishdi. Ikkinchi bo‘limda g‘alaba olib kelgan gol ham raqib darvozasidan joy oldi.
«HANE CUP-2019»
«Dinamo-Batumi» (Gruziya) - «Bunyodkor» - 0:2
Gollar: Sobir Rishiddinov, 20-penaltidan – 0:1. Iskandar Soliev, 55 – 0:2
«Bunyodkor»: Ali Erkinov, Abdurahmon Sulaymonov, Narimon Ahmadjonov, Asadbek Jamolov, Behruzbek Mahmudov, Diyorjon Tolibjonov (Muhammaddiyor Bahodirov, 40), Muzokir Malikov, Sobir Rishiddinov, Iskandar Soliev (Sardorbek Shoyimqulov, 55), Temur Baxtiyorov (Shoyusuf Erkinov, 45), Doniyor Xayrullaev (Ramziddin Muhammedov, 50).
Ogohlantirish: Sobir Rishiddinov, 35.
Chetlatish: Behruzbek Mahmudov, 10.
Fikrlar