
"Bunyodkor" bosh murabbiyi Jasur Jaloliddinovning kelajagiga oydinlik kiritdi!
Xabaringiz bor, kecha "Milliy" stadionida Superliga yangi mavsumi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qur’a tashlash yakunlangach, "Bunyodkor" klubi bosh murabbiyi Marat Miftaxuddinov yangi mavsum starti, qur’aning qay darajada haqqoniy bo‘lganligi hamda Jasur Jaloliddinovning kelajagi xususida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:
"Qur’a juda ajoyib o‘tdi, birinchi turda kutganimizdek o‘ta jiddiy raqib bilan tushmadik. Fikrimcha, "Nasaf" - "Paxtakor" o‘yini tur bezagiga aylanadi. Jasur Jaloliddinov? Ha, u biz bilan. Mashg‘ulotlarimizda ham ishtirok etyapti. Biroq hozircha hech narsa aniq emas. Chetdan taklif bo‘lmagan taqdirda u ketmaydi. Katta ehtimol bilan u qoladi. Hammasi kelasi hafta oydinlashadi. Nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi".
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum yakunida Moskvaning "Lokomotiv" klubi Jasur Jaloliddinov bilan shartnomani bekor qilgan hamda futbolchi "Bunyodkor"ga qaytib kelgan. Ma’lumot uchun, ortda qolgan mavsumda "Loko" uni RPLning boshqa bir klubi "Tambov"ga ijaraga bergan edi.
Fikrlar