
"Bunyodkor" mashg‘ulotlarga qaytdi
Superligada yuzaga kelgan tanaffus sababli qisqa muddatli ta’tilga chiqqan “qaldirg‘ochlar” mashg‘ulotlarga qaytdi.
Murod Otajonov boshchiligidagi “Bunyodkor” Superliganing 13-turidan o‘rin olgan “Paxtakor”ga qarshi o‘yin uchun reja asosida tayyorgarlikni boshladi.
Tarkibda yo‘qotishlar yo‘q. Aksincha, murabbiylar shtabi o‘rinbosarlar safida o‘zini ko‘rsatayotgan bir qator yoshlarni mashg‘ulotlarga jalb qilgan.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safida jahon chempionatida ishtirok etib qaytgan Mahmud Mahamadjonov hamda Jahongir O‘rozov bugun Temur Kapadze murabbiyligidagi Olimpiya termasi yig‘iniga borib qo‘shildi.
Eslatib o‘tamiz, Superliganing 13-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Paxtakor” uchrashuvi 25 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
"Bunyodkor" matbuot xizmati.
Fikrlar