“Bunyodkor” “Metallurg”ni TTYMIda qabul qiladi

  • 18 iyun, 2019, 20:55
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Mazkur bosqichda qur’a natijalariga ko‘ra, “Bunyodkor” o‘z maydonida Bekobodning “Metallurg” jamoasini qabul qiladi.

Tecno

“Qaldirg‘ochlar” jamoasi ushbu o‘yinni TTYMI stadionida o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar berib o‘tdi.

O‘zbekiston kubogida uchrashuvlar bitta o‘yindan iborat bo‘lgani sabab va o‘yinning penaltilar seriyasiga qadar davom etish ehtimoli bor ekani bois, shuningdek, TTYMI stadionida yoritish tizimi talablarga to‘la javob bermasligi inobatga olingan holda ertangi bahs avvaldan belgilaganidek soat 18:00 da emas, balki 17:40 da boshlanadi. 

O‘zbekiston Kubogi / 3-bosqich

19 iyun, chorshanba

17:40 “BUNYoDKOR” – “METALLURG”

Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Avazbek Abdullaev, Sardor Nishonboev, Ahmad Ergashev.

Nazoratchi: Arslon Xotamov. 

Komissar: Erkin Baxtiyorov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
18/06/2019 21:19
Хамма томан валкта бизда