"Bunyodkor" nazorat uchrashuvida g‘alaba qozondi. "Qaldirg‘ochlar" ko‘rigida yangi futbolchilar bor
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Bunyodkor" jamoasi bugun navbatdagi nazorat o‘yinida maydonga tushdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Birinchi liga vakili “Neftgazmontaj”ga qarshi bahs yuritgan “qaldirg‘ochlar” g‘alaba qozondi. Poytaxtliklar ko‘rigida bo‘lib turgan Zohir Pirimov va Husayn Ergashboev tomonidan urilgan gollar o‘yin taqdirini hal qildi.
Jamoa Turkiya safari oldidan so‘nggi nazorat o‘yinini 2 fevral kuni “Qizilqum”ga qarshi o‘tkazadi.
NAZORAT UChRAShUVI
“BUNYoDKOR” - “NEFTGAZMONTAJ” - 2:0
Gollar: Zohir Pirimov, Husayn Ergashboev
“Bunyodkor”: Zafar Safoev, Muhammadodil Qaxramonov, Dilshod Jo‘raev, Davronjon Ergashev, Sardor Xursandov, Odil Abdurahmonov, Suhrob Izzatov, Rasul Yo‘ldoshev, Zohir Pirimov, Nikita Pavlenko, Usmonali Ismonaliev.
Zaxiradan tushganlar: Sarvar Karimov, Suhrob Sultonov, Xurshid Ubaydullaev, Alfayzi Ne’matov, Sirojiddin Bashriddinov, Umid Sultonov, Muzaffar Olimjonov, Ikrom Erkinov, Husayn Ergashboev, Jahongir O‘rozov, Bilol Tupliev.
Fikrlar