
"Bunyodkor" o‘rtoqlik uchrashuvida Pro liga jamoasini mag‘lub etdi
"Bunyodkor" o‘rtoqlik uchrashuvida "Oq-tepa"ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
Pro liga vakili "Oq-tepa" qarshi o‘yinda "qaldirg‘ochlar" murabbiylar shtabi aralash tarkibning xizmatidan foydalandi. Tajribali futbolchilar bilan bir qatorda ko‘rikda bo‘lib turgan o‘yinchilar ham maydonga tushdi.
Uchrashuvda hisobni ochgan raqib Lutfulla To‘raevning golidan so‘ng ikkinchi marta hisobda oldinga chiqib oldi. Birinchi bo‘limning o‘zida Shahboz Erkinovning golidan so‘ng muvozanat tenglashdi. Tanaffusda har ikkala jamoa ham tarkibni deyarli yangiladi. Darvozalar esa bir martagina ishg‘ol etildi. Mirjahon Mirahmadov «Bunyodkor»ga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
«BUNYoDKOR» - «OQ-TEPA» - 3:2 (2:2)
16 yanvar. Toshkent. «Bunyodkor» akademiyasi maydoni.
«Bunyodkor»: Akobir Qayumov (Sarvar Karimov), Ulug‘bek Abdullaev (Muhammadali G‘iyosov), Xurshid Ubaydullaev, Abdulla Abdullaev, Muhammadodil Qahramonov (Humoyun Sherbo‘taev; Ibrohim Tomiva), Xurshid G‘iyosov (Sunnatilla Abdullajonov), Odiljon Abdurahmonov (Shamsiddin Sa’dullaev), Lutfulla To‘raev (Boburbek Farhodov), Rasul Yo‘ldoshev (Bahodir Daminov), Nurillo To‘xtasinov (Farrux Ikromov), Shahboz Erkinov (Mirjahon Mirahmadov).
Gollar: Lutfulla To‘raev, Shahboz Erkinov, Mirjahon Mirahmadov – Sandey Song, Saveliy Abramov.
Fikrlar