
"Bunyodkor" qo‘shib berilgan daqiqalarda mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi (video)
Superliganing 19-turida poytaxtning ikki jamoasi – “Bunyodkor” va “Lokomotiv” o‘zaro bahs olib bordi.
Qiziqarli va gollarga boy kechgan Toshkent derbisida 3:2 hisobida “qaldirg‘ochlar”ning qo‘li baland keldi. Shu kuni “Bunyodkor”ga g‘alaba keltirgan gollarga Xurshid G‘iyosov (34', 90+3') va Lutfulla To‘raev (90+6') mualliflik qilgan bo‘lsa, “Lokomotiv” safida Temurxo‘ja Abduxoliqov (24') va G‘ulom-Haydar G‘ulomov (58') o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar