"Bunyodkor" safarda yirik hisobda g‘alaba qozondi
O‘zbekiston superligasi 16-turidan o‘rin olgan "Andijon" hamda "Bunyodkor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Unda mehmonlar 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
"Qaldirg‘ochlar" safida Tomiva dublni nishonlagan bo‘lsa, Mirjahon Mirahmadov hamda Farrux Ikromov bir marotabadan o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Mezbonlarning yagona goli 33-daqiqada Diyorbek Rahimqulov tomonidan kiritildi.
Safardagi g‘alaba natijasida "Bunyodkor" ochkolari sonini 25taga etkazib olgan holda, 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. So‘nggi pog‘onadagi "Andijon" 9 ochko jamg‘argan.

Fikrlar