
"Bunyodkor" stadioni jahon chempionati talablariga javob beradi!
O‘zbekistonlik mashhur futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev Daryo.uz nashriga bergan intervyusida poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadioni jahon chempionati o‘yinlarini o‘tkazish talablariga deyarli javob berishini aytdi.
“Bunyodkor” stadinonini olaylik. Odam ishonmasligi mumkin, lekin ayta olamanki, bu stadion 80 foiz jahon chempionati talablariga javob beradi. To‘g‘ri, qo‘shimcha narsalar kerak. Lekin struktura bo‘yicha bugungi kunda to‘liq talabga javob beradi. Qo‘shimcha narsalar, ya’ni kameralar, kabellarni olib keltirish, bu umuman boshqa masalalar. Bularni qilishning iloji bor. O‘rindiqlar ham 40 ming emas, lekin kabinkalar, Skybox deyiladi, ular ham etarlicha. Bu yaxshi narsa”, - deya fikr bildirdi Nikimbaev.
Ma’lumot uchun, “Bunyodkor” stadioni 2012 yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, o‘z bag‘riga 34 ming muxlisni sig‘dira oladi. O‘tgan davr mobaynida ushbu arenada mamlakat chempionati va Osiyo chempionlar ligasi uchrashuvlari, turli yosh toifalaridagi qit’a chempionatlari va jahon chempionatining saralash uchrashuvlari o‘tkazilgan.
Fikrlar