“Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari 292ta jamoa qatnashayotgan turnirni yirik g‘alaba bilan boshladi

  • 15 avgust, 2017, 14:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Toshkentning “Bunyodkor” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari Xitoydagi turnirga jo‘nab ketishgan. Xitoyning Shenyan shahrida dunyoning deyarli barcha qit’alaridan tashrif buyurgan jami 292ta jamoa ishtirok etadigan turnirda “Bunyodkor” futbol maktabining 2002 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari ishtirok etishmoqda.

Yosh "qaldirg‘ochlar" Gothia Cup 2017 musobaqasidagi ilk uchrashuvini Pokistonning “Mehran” futbol maktabi tarbiyalanuvchilariga qarshi o‘tkazishib, yirik 10:0 hisobida zafar quchishdi. "Bunyodkor"ning gollariga Jasur Jaloliddinov (5ta), Otabek Jo‘raqo‘ziev (2ta), Diyorbek Raximqulov, Farruhbek Muxtorov va Ikrom Erkinov mualliflik qilishdi.

Toshkent klubi murabbiylari pokistonliklarga qarshi bahsda quyidagi futbolchilarni maydonga tushirishdi: Qodirov (Xarin), Abdurashidxo‘jaev , Ubaydullaev (A’zamov), Abdulbekov (Ashiraliev), Sodiqov (Bondarenko), Raximqulov, Sattorov, Bo‘riev (S; Sharipov), Erkinov (Muxtorov), Jo‘raqo‘ziev (Mirzasalimov), Jaloliddinov

“Bunyodkor-2002” turnirning 2-turida Yaponiyaning “Puebla” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari bilan kuch sinashishadi. Bu uchrashuv bugun bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!