“Bunyodkor”ga qarshi o‘yin oldidan “Paxtakor” tarkibida yo‘qotish

  • 23.05.2018 14:48
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sherlar" 18 maydan "Bunyodkor" bilan 13-turda o‘tadigan bellashuvga tayyorgarlik ko‘rishni boshlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, "Jar" stadionida kechgan mashg‘ulotlarda kechadan boshlab milliy va yoshlar terma jamoasi tarkibidan qaytgan futbolchilar qo‘shilishdi. Kamoliddin Tojiev kichik jarohati sababli umumiy mashg‘ulotlarda qatnashmayapti. Qolgan o‘yinchilar esa odatiy tartibda shug‘ullanishdi.

Hozircha, Tojievning “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!