"Bunyodkor"ga yangi legioner keldi

  • 26.02.2022 21:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Bunyodkor” klubi mavsum startiga yaqin o‘z safini yangi legioner bilan to‘ldirishga erishdi. Ma’lum bo‘lishicha, xorvatiyalik yarim himoyachi Dmitriy Pobulich endi “Bunyodkor” sharafini himoya qiladi.

Klub matbuot xizmati bu borada shunday xabar qiladi: “xorvatiyalik yarim himoyachi Dmitriy Pobulich ertadan “qaldirg‘ochlar” safidagi mashg‘ulotlarini davom ettiradi.

bunik_3

Bugun tushdan so‘ng Moskva orqali Toshkentga etib kelgan futbolchini Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda klub rasmiylari kutib oldi. Istiqomat uchun “Bunyodkor” akademiyasi bazasiga joylashgan yarim himoyachi ertadan jamoa safidagi mashg‘ulotlarni davom ettiradi. So‘nggi klubi Armanistonning “Ararat” klubi bo‘lgan Dmitriy Pobulich bilan 1+1 ko‘rinishida shartnoma imzolandi”. 

Ma’lumot uchun

DMITRIY POBULICh

Tug‘ilgan sanasi: 10.05.1994 yil

Fuqaroligi: Xorvatiya

Bo‘yi: 177 sm. Vazni: 75 kg

 

Faoliyati

2012 yil OFK (Serbiya)

2013 yil “Dorkol” (Serbiya)

2013-2014 yillar “Timok” (Serbiya)

2014-2015 yillar “Sindelich” (Serbiya)

2016-2017 yillar OFK (Serbiya)

2017-2018 yillar BSK (Serbiya)

2018-2019 yillar “Rad” (Serbiya)

2019-2020 yillar “Radchiki” (Serbiya)

2020 yil “Grafichar” (Serbiya)

2021-2022 yillar “Ararat” (Armaniston)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!