"Bunyodkor"ning yangi bosh murabbiyi jamoa bilan tanishdi va ishga kirishdi

  • 06.01.2024 16:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, "Bunyodkor"da xorvatiyalik murabbiylar shtabi ish boshladi.

Bugundan e’tiboran “qaldirg‘ochlar” yangi mavsumga tayyogarlikning ikkinchi qismiga kirishdi.

bubalo3

Yig‘inning birinchi kunida futbolchilarga jiddiy yuklamalar berilgani yo‘q. Mashg‘ulotlardan oldin esa Ivan Bubalo boshchiligidagi murabbiylar shtabi yangi shogirdlari bilan yaqindan tanishdi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvdan keyin mashg‘ulotlarga start berildi.

"Bunyodkor" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!