"Burgutlar"ning yangi futbolchisi: "Andijon" muxlislari o‘ynamaydigan odamni ham o‘ynatib yuboradilar"

  • 3 avgust, 2023, 00:29
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumki, “Andijon” klubi yozgi selektsiya jarayonida tarkibiga iqtidorli futbolchi Abbos Ergashboevni ham qo‘shib oldi.

Tecno

“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi endi bor e’tiborini “Andijon” jamoasiga qaratgan. Mutaxassislar uni kelajagini porloq deya baholamoqdalar.

- Abbos, avvalambor muxlislarga o‘zingiz haqingizda batafsil ma’lumot berib o‘tsangiz...

- 2003 yilning 28 mart kuni Guliston shahrida tug‘ilganman. 6 yoshimdan futbolga qatnashishni boshlaganman. Gulistondagi birinchi murabbiyim – Rafael Rinatovich Shafikov qo‘l ostida 11 yoshimgacha shug‘ullandim. Keyin meni “Paxtakor”ga olib bordi. Natijada u erda meni qabul qilishdi. “Paxtakor”da Dmitriy Mixaylovich Kim qo‘li ostida katta bo‘ldim. Men uchun mana shu ikkita murabbiy muhim rol o‘ynaydi. 16 yoshimda o‘rinbosarlar jamoasida edim. 18 yoshimda esa asosiy tarkibga o‘tdim. 19 yoshimdan o‘yinlarga tushishni boshlaganman va Osiyo Chempionlar ligasida gol urganman.

“Andijon” muxlislari O‘zbekiston bo‘yicha birinchi raqamli. O‘ynamaydigan odamni ham o‘ynatib yuboradilar. Tinimsiz qo‘llab-quvvatlashadi. “Andijon” muxlislari bor, Andijon futboli bor! “Andijon”ga o‘tganimning sababi, yordam berish va bunday o‘yinlar bilan kuchli uchtalikka ilinish maqsadimiz bor.

abbos5

- Jarohat tufayli dastlabki o‘yinni o‘tkazib yubordingiz. Hozir holatingiz qanday?

- Hozirgi holatim yaxshilanli va umid qilamanki, “Surxon” bilan uchrashuvgacha 100 foiz sport formamda bo‘laman. Mashg‘ulotlarga qo‘shilganman.

- “Nasaf”ga qarshi uchrashuvni kuzatdingiz va qanday taassurot qoldirdi? Chetdan qaraganda nimalarni his qildingiz?

- “Nasaf” kuchli jamoa bo‘lishiga qaramay, biz ulardan qolishmadik. “Nasaf” bizdan ochko olib ketmoqchi bo‘ldi. Chunki birinchi davrada ulardan uch ochkoni tortib olgandik. Biz hammaga jamoaga qarshi chiroyli va shunga yarasha g‘alabali o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz. Biz jismoniy tomondan ham yaxshi formadamiz.

abbos7

- “Andijon”ga o‘tgach, o‘z oldingizga birinchi qo‘ygan maqsadingiz qanday?

- “Andijon” klubiga o‘tganimning sababi, yuqori pog‘onalarga olib chiqishda o‘z hissamni qo‘shish va muxlislar uchun chiroyli o‘yin ko‘rsatish.

- Aslida bu variant qanday paydo bo‘ldi va kim sababchi?

- O‘zim ham “Andijon” klubiga chaqirishlarini kutmagandim. Agentlarim bilan bog‘lanib aloqaga chiqishgan. “Andijon” jamoasi bilan tanishib chiqdim va menga ma’qul bo‘ldi. Muxlislari bilan ham tanishdim.

abbos8

- “Paxtakor” safida OChLda ham gol urishgan ulgurgansiz. Umuman, shu kungacha siz uchun faoliyatingizdagi eng muhim gol qaysi?

- Eng muhim golimni OChLda urganman. Chunki bu butun faoliyatimni o‘zgartirgan. Chunki futbol shunaqa: qaysidir o‘yin yoki undagi birgina gol hayotingizni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Shuning uchun yoshlarga doim sabrli va mehnat qilishdan to‘xtamasliklarini aytaman. Omad kimgadir erta va kimgadir kech keladi.

- Darvoqe, “Paxtakor”ning O‘zbekiston Kubogida “Dinamo”ga yutqazganidan hayron qoldingizmi?

- Ha, xayron qoldim. Bunday natijani “Paxtakor”dan kutmagandim. Futbol o‘zi shunaqa.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ал хилол
03/08/2023 05:51
Аббос газни бос.анжончасига
&
Bek 56
03/08/2023 05:36
Аббос ишларинг илгари бу'лсин сендан ва жамоангдан галабали голлар кутиб к,оламиз