Buskets “Barsa”ning iltimosiga rad javobini berdi

  • 10 avgust, 2022, 14:22
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachi Serxio Buskets bilan shartnoma borasida muzokara o‘tkazmoqda.

“Sport.es” nashri xabariga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” rahbariyati futbolchidan maoshini kamaytirishni so‘ragan, biroq Serxio bunga rozi bo‘lmagan. U maoshidan voz kechmoqchi emas, balki o‘ziga tegishli pulni bo‘lib-bo‘lib olish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.

“Barselona” avvalroq himoyachi Jerar Pike bilan maoshini qisqartirish bo‘yicha muzokara o‘tkazgan edi. Bu klubga yangi kelganlarni ro‘yxatdan o‘tkaza olishiga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, klub o‘z safiga Robert Levandovski, Rafinya Dias, Jyul Kunde, Andreas Kristensen va Frenk Kessi kabi futbolchilarni qo‘shib olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!