Buskets: "Barselona" tarkibni kuchaytirishi kerak

  • 14 avgust, 2017, 11:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Serxio Buskets kecha bo‘lib o‘tgan “Real”ga (1:3) qarshi bahsda uchralgan mag‘lubiyat borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“O‘z maydonimizda 1:3 hisobida imkoniyatni boy berganimiz bizni juda qiyin vaziyatga tushirib qo‘ydi. Ammo, biz mehmondagi o‘yinda buni to‘g‘rilashga harakat qilamiz, garchi bu deyarli imkonsiz bo‘lsada. Odatda bunday uchrashuvlarda birinchi bo‘lib gol kiritgan jamoa qo‘shimcha kuchga ega bo‘ladi. “Real” o‘z imkoniyatlaridan ajoyib foydalandi.

“Barselona” tarkibni kuchaytirishi lozim. Buning uchun esa kimnidir sotib olishi kerak”, - deydi Buskets Marca nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, “Real” hamda “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi javob bahsi 16 avgust kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!