Butun Argentina xavotirda! Messi oʻyinni oxiriga yetkaza olmadi
2026 yildgi jahon chempionati boshlanishi arafasida Lionel Messi butun Argentina xalqini xavotirga qoʻydi.
Amaldagi jahon chempioni MLS doirasida “Inter Mayami” va “Filadelfiya Yunion” uchrashuvining 73-daqiqasida jarohatlanish taxmini bilan maydondan olindi.
Floridaliklarning 6:4 hisobidagi irodali gʻalabasi bilan yakunlangan oʻyindan keyin mashhur jurnalist Gaston Edul ijtimoiy tarmoqda futbolchining holati boʻyicha maʼlumot berdi.
- Lionel Messi son orqa qismidagi zoʻriqish sabab ehtiyot chorasi sifatida almashtirishni soʻradi. Unda mushak jarohati aniqlanmagan. Futbolchi muammoli joyga ortiqcha yuklama bermaslik va holatni ogʻirlashtirmaslik uchun oʻyinni davom ettirmadi, - deb yozdi jurnalist.
2026 yildgi jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksikada 11 iyundan 19 iyulgacha boʻlib oʻtadi. Argentina terma jamoasi guruh bosqichida Jazoir, Avstriya va Iordaniyaga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar