
Butunjahon o‘yinlari. Latisheva delegatsiyamiz hisobiga yana bir medalni yozdirib qo‘ydi
Birmingem (AQSh) shahrida o‘tayotgan Butunjahon o‘yindaridan xushxabar. Ushu bo‘yicha terma jamoamiz a’zosi Darya Latisheva delegatsiyamizga navbatdagi medalni taqdim qildi.
Latisheva taulu yo‘nalishida ajoyib chiqishi bilan muxlislar va hakamlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Uning dasturi yakunda kumush medalga loyiq ko‘rildi.
Shu tariqa, "Bill battle coliseum" arenasi jamoamiz uchun yana omadli keldi. Endi 15 iyul kuni Bahromjon Masharipov (jiu-jitsu) ushbu maydonda medallar uchun kurash olib boradi.
Bu bilan delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni yana bittaga ko‘payib, 1 ta kumush (ushu) va 1 ta bronzani (karate) tashkil etmoqda.
MOQ matbuot xizmati
Fikrlar