
"Buxoro" rahbariyati Ashurmatov o‘rniga 3 nafar murabbiy nomzodini ko‘rib chiqmoqda
Xabaringiz bor kecha “Buxoro” bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov qoniqarsiz natijalar sabab o‘z lavozimini tark etgani haqida xabar berib o‘tgandik. 43 yoshli mutaxassis Coca-Cola Superliga 8-turi doirasida "Surxon"dan uchralgan (0:1) mag‘lubiyatdan so‘ng iste’foga chiqishi mumkinligini istisno etmagan edi.
Bizga etib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra “Buxoro” klubi rahbariyati ayni damda Ashurmatov o‘rniga 3 nafar murabbiy nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Nomzodlar orasida Aleksandr Xomyakov, Igor Shkvirin hamda Sergey Lushchan bor.
Ma’lumot uchun, Shkvirinning so‘nggi ish joyi “Surxon”, Lushchanniki esa “So‘g‘diyona” klubi bo‘lgan edi. Ularning har ikkalasi ham ayni damda ishsiz hisoblanishadi. Xomyakov uzoq yillardan buyon “Mash’al”ni boshqarib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, buxoroliklar ortda qolgan 8 turdan so‘ng Superligada 6 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turishibdi.
Fikrlar