"Buxoro" Salomov borasidagi xabarni tasdiqladi

  • 11 yanvar, 2024, 17:07
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha kun ilgari "Buxoro" klubiga sobiq futbolchi Shavkat Salomovning bosh direktor etib tayinlangani to‘g‘risida saytimiz orqali xabar bergandik. Bugun klub matbuot xizmati ushbu xabarni tasdiqladi va quyidagi mazmunda e’lon qildi:

Tecno

"Xabaringiz bor, «Buxoro» jamoasi Superliganing o‘tgan mavsumida o‘n uchinchi o‘rin bilan kifoyalandi va Superliga bilan xayrlashdi.

Joriy yilning 9 yanvar kuni futbol klubining navbatdan tashqari yig‘ilishida «Buxoro» futbol klubiga yangi bosh direktor etib Shavkat Salomov Rasulovich tayinlandi.

Shavkat Rasulovich hamda Ulug‘bek Istamovichga yangi mavsumda «Buxoro» futbol jamoasini qayta shakllantirib Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi yuklatildi. Umid qilamizki, yangi mavsumda ishqibozlar sevimli jamoalarini o‘z uy stadionida qo‘llab-quvvatlab, jamoa g‘alabalaridan bahramand bo‘lishadi", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мурад Умаров
12/01/2024 08:03
ШАВА БОС .
ОМАД
Sevdiyor Mardonov
11/01/2024 18:08
Ilohim xayirli bõlsin