
Buxoro shahri pankration bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi!
Xabaringiz bor, O‘zbekiston pankration va greppling assotsiatsiyasi faol tarzda bir-biridan qiziqarli turnirlar va yuqori saviyada tashkillashtirilgan mamlakat chempionati va kuboklarini o‘tkazib kelmoqda.
Navbatdagi pankration bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga Buxoro shahri mezbonlik qiladigan bo‘ldi. Mazkur chempionat o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida tashkil etiladi. Ya’ni, 12-13, 14-15, 16-17, 18-20 yosh va kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, 16-17, 18-20 va kattalar o‘rtasidagi bahslar joriy yil oktyabr oyida Toshkentda tashkil etiluvchi jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o‘tab beradi. Mamlakat chempionatida g‘olib bo‘lgan sportchilar jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Fikrlar