"Buxoro" va "Lokomotiv"da to‘p surgan futbolchilar "Andijon" sharafini himoya qilishadi

  • 05.01.2021 13:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Andijon” klubi 4 yanvardan mashg‘ulotlarni boshlaganidan xabardorsiz. Tabiiyki, tarkibda ham o‘ziga yarasha o‘zgarishlar yuz beryapti. Ayni paytda jamoa mashg‘ulotlarida bir qator yangi o‘yinchilar ishtirok etishyapti.

Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, “Andijon” ikki nafar o‘yinchi bilan kelishuvga erishdi. Jumladan, 2018 yildan beri “Buxoro” klubi tarkibida to‘p surgan yarim himoyachi Anvar Jo‘raev yangi mavsumni “Andijon”da boshlaydigan bo‘ldi. O‘tgan mavsumda u 21 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Bu yil 21 yoshga to‘ladigan iqtidor egasiga “Andijon” ustozi katta ishonch bilan qaramoqda.

Bundan tashqari, 1999 yilda tug‘ilgan Kamron Saidazimov ham “Andijon” sharafini himoya qilishi aniq bo‘ldi. 2020 yilgi chempionatda “Lokomotiv” safida to‘p surdi va 12 ta o‘yinda maydonga tushdi. Undan avval esa AGMK jamoasida harakat qilgan. Saidazimov endi bor e’tiborini “Andijon”ga qaratadi.

Shuningdek, ayni paytda jamoaga taklif qilinganlar orasida Sunnat Mamadaliev, Eldor Boymatov, Kemran Najafaliev va yana bir qator o‘yinchilar ham mashg‘ulotlarda qatnashishyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!