"Buxoro" Xomyakov bilan shartnomani 2 yilga uzaytirdi

  • 22.12.2025 00:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

"Buxoro" klubini uchinchi pley-off orqali Superligada saqlab qolgan bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov keyingi ikki mavsumda ham ushbu jamoani boshqaradigan bo‘ldi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

Unda yozilishicha, tomonlar o‘rtasida ikki yillik yangi shartnoma imzolandi. Ushbu qaror klub rahbariyati tomonidan jamoaning barqaror rivoji, uzoq muddatli rejalari hamda professional yondashuvni saqlab qolish maqsadida qabul qilindi.

Aleksandr Andreevich o‘z faoliyati davomida jamoada intizom, birlik va raqobatbardosh muhitni shakllantirdi. Uning tajribasi, zamonaviy futbolga bo‘lgan qarashlari hamda mas’uliyatli yondashuvi klub oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Klub rahbariyati bosh murabbiyga bildirilayotgan ishonch to‘liq ekanini ta’kidlaydi va kelgusi mavsumlarda jamoa oldiga yuqori maqsadlar qo‘yilganini ma’lum qiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!