"Byornli" futbolchisi tarixga kirdi
"Byornli" hujumchisi Andre Grey 19-tur uchrashuvida "Sanderland" darvozasiga uchta gol urib, jamoasi tarixida Angliya premer-ligasida "xet-trika"ka erishgan birinchi futbolchi sifatada tarixga kirdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "Byornli" 23 ochko bilan o‘n birinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi.
25 yoshli hujumchi Andre Grey esa bu mavsumda 13-uchrashuvida beshinchi golini urdi va jamoasining eng yaxshi to‘purariga aylandi.
SPORTS.uz

Fikrlar