
"CAFA Nation's Cup". Keskin va shiddatli o‘tgan bellashuvda Eron O‘zbekistonni minimal hisobda mag‘lub etib, turnirning oltin medallariga ega chiqdi
"CAFA Nation's Cup" musobaqasi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston hamda Eron terma jamoalari bellashdi. Uchrashuv 0:1 hisobidan forslarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Yagona golni 47-daqiqada Serdar Azmun kiritdi. Shu tariqa Eron termasi musobaqaning oltin medallarini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, O‘zbekiston kumush medallarga ega chiqdi.
Fikrlar