
"CAFA U-19 Championship 2022". Bugun O‘zbekiston Afg‘oniston bilan o‘ynaydi
Bugun Tojikistonning Dushanbe shahri mezbonlik qilayotgan "CAFA U-19 Championship 2022" turnirida 5-tur o‘yinlariga start beriladi.
Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bu turda afg‘onistonlik tengdoshlariga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 18:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz ayni payt turnir jadvalida 3-o‘rinni band etib turibdi. Jamoamiz hisobida 5 ochko mavjud.
Fikrlar