
Camarqand shahrida xotin-qizlar o‘rtasida velomarafon o‘tkazildi
Camarqand shahrida xotin-qizlar o‘rtasida “Barqaror va inklyuziv transportni rivojlantirishda ayollarning o‘rni” nomli velomarafon o‘tkazildi.
Velomarafon Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) tomonidan ishlab chiqilgan “2019-2020 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi”da belgilangan vazifalar, shuningdek mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatini samarali amalga oshirish, shuningdek, ularni sport bilan shug‘ullantirgan holda har tomonlama sog‘lom va jismonan tetik bo‘lishlarini ta’minlashga e’tibor qaratish hamda yurtimizda Gender tengligi va ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishni rivojlantirish, ularning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirishni ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Dostona va qizg‘in bahslarga boy o‘tgan marafonda g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Fikrlar