
Catalunya Radio: Neymarning PSJga o‘tishi 95% aniq bo‘lib ulgurgan
Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Neymarning PSJga o‘tishi 95 foizga aniq bo‘lib ulgurgan. Bu haqda Catalunya Radio xabar bermoqda.
Aytish kerakki, “ko‘k-anor ranglilar” 25 yoshli braziliyalik forvardning shartnomasida belgilab qo‘yilgan 222 mln evro tovon pulini kamaytirishmoqchi emas. Bundan tashqari Neymarni sotib olishga bel bog‘lagan parijliklar uning otasiga ham 40 mln evro miqdorida bonus berishlari lozim. Klub rahbariyati futbolchining otasiga transfer rasman amalga oshganidan so‘ng ushbu mablag‘ni to‘lab berishlari haqida kafolat xati yozib berishgan.
Gap shundaki, endi bu boradagi yakuniy qarorni futbolchining o‘zi qabul qilishi kerak.
Fikrlar