
Charlz Oliveyra Habib Nurmagomedov haqida o‘z fikrini bildirdi
Engil vazn toifasidagi UFC vakili Charlz Oliveyra chempion Habib Nurmagomedovning qaytishi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Habib otasining qabri oldida turib, jang qilmayman, deb so‘z bergan. Shuning uchun u qaytib kelmaydi. Getji har kimga qarshi jang qilishi mumkin. Men MakGregor-Pore jangi g‘olibini kutmoqdaman. Hisobimda ketma-ket sakkizta g‘alaba bor, ulardan ettitasi muddatidan oldin qo‘lga kiritilgan. Qarorni hakamlar qo‘liga topshirmayman.
Ishonchim komilki, chempionlik uchun kurashishga loyiqman. Konor va Dastin o‘rtasidagi jangda zaxira jangchisi bo‘lishga ham tayyorman. Ko‘zimning tepasida biroz jarohat bor, ammo kelasi hafta sog‘ayib ketaman. Pol Felderga yutqazganimda, bir haftadan so‘ng, sport zalida edim, agar Dana Uayt mening xizmatlarimga muhtoj bo‘lsa, u mening menejerimga qo‘ng‘iroq qilsin”, - dedi Oliveyra.
Ma’lumot uchun, “UFC 256” turnirida Oliveyra Toni Fergyusonni mag‘lub etgandi.
Fikrlar