
Cheferin: "Futbolni sevadiganlar uchun ajoyib mavsum bo‘ldi"
Aleksander Cheferin Chempionlar Ligasining yangi formati haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
- Yangi Chempionlar ligasining birinchi mavsumini qanday baholaysiz?
- Ha, men juda mamnunman. Bizning yangi formatimiz katta muvaffaqiyatga erishdi. Menimcha, futbolni sevadiganlar va tushunadiganlar bu mavsumni ajoyib bo‘ldi deb hisoblaydi.
Bizda chindan ham g‘aroyib o‘yinlar bo‘ldi. Guruh bosqichining oxirgi kuni juda hayajonli o‘tdi. Ba’zi yirik jamoalar turnirni tark etish xavfi ostida qoldi.
Masalan, hozir yarim finalda o‘ynayotgan PSJ: agar ular bir-ikki o‘yinda mag‘lub bo‘lganida, musobaqadan chiqib ketardi.
Ajoyib mavsum bo‘ldi. O‘ylaymanki, doimo hamma narsani tanqid qiladiganlar ham endi buni tushunishdi. Agar ular buni tan olishni istasa, bu boshqa masala, - dedi UEFA prezidenti.
Fikrlar