Chellenjer. Farrux ilk davradayoq turnirni tark etdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ayni kunlarda Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida “Chellenjer” turkumiga kiruvchi “Presidents Cup” turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur turnirning asosiy to‘riga maxsus taklifga ko‘ra, taklif etilgan hamyurtimiz Farrux Do‘stov asosiy to‘rning ilk davrasida serbiyalik Nikola Miloevich bilan kuch sinashdi.

Sovrin jamg‘armasi 125 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirning ilk bosqichida hamyurtimiz serbiyalik raqibiga 2:6, 1:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yin 1 soat 3 daqiqa davom etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!