
“Chelsi” 12 ta o‘yinda 9 ta gol urgan hujumchiga xaridor
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, “Chelsi” skautlari jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytira oladigan forvard topdi.
“Aristokratlar” Portugaliya chempionatida o‘ynayotgan shvetsiyalik hujumchi Viktor Dyokereshni transfer qilmoqchi.
25 yoshli to‘purar “Sporting” tarkibida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga to‘qqizta to‘p kiritdi va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatdi.
Romano londonlik skautlar hujumchining o‘yinini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqayotgani va bu transfer kelasi yil yozda amalga oshirilishi rejalashtirilganini ta’kidladi.
Viktor Dyokeresh Angliya futbolini yaxshi biladi. U faoliyati davomida “Suonsi Siti” va “Koventri Siti” kabi jamoalar o‘arafini himoya qilgan.
Bu o‘yinchi Kulusevki, Isaak va Klaesson bilan birga Shvetsiya terma jamoasining asosiy hujumchilaridan hisobalanadi.
Fikrlar