
"Chelsi" 19 yoshli darvozabon bilan 8 yillik shartnoma imzoladi
Angliyaning "Chelsi" klubi Belgiya Pro-Ligasi vakili hisoblangan "Genk" klubi darvozaboni bilan uzoq muddatli bitim tuzdi.
19 yoshli Mayk Penders endilikda APLda harakat qila boshlaydi. Shartnomaning o‘zi 2032 yilga qadar tuzildi. Kelishuv shartiga muvofiq, darvozabon joriy mavsum "Genk" safida ijara asosida qoladi. 2025 yilning yozida "Chelsi"ga qaytadi.
Avvalroq, transfer summasi taxminan 20 million evroni tashkil qilishi xabar qilingandi.
Fikrlar