
"Chelsi" APL tarixida chempionlikdan rekord darajada daromad oladi
Londonning “Chelsi” klubi Angliya chempionati 2016/17 mavsumida g‘olib chiqqani uchun 150 mln funt ishlab oladi, deya xabar beradi Mirror nashri. Bu mablag‘ Angliya Premer-liga tarixidagi eng yirigi bo‘ladi.
O‘tgan mavsum chempioni “Lester” APLda g‘olib chiqqani uchun 93 mln funt ishlab olgan edi. London klubi esa daromadi 65%ga o‘sgan.
Taqqoslash uchun “Chelsi” o‘tgan mavsumda 10-o‘rin bilan mavsumni yakunlashiga qaramasdan 87,3 mln funt ishlab olgan edi. Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” kecha “Vest Bromvich”ni (0:1) APL 37-turida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar