
"Chelsi" Azarni sotmaydi, chunki...
Londonning “Chelsi” klubi “Real”ning jiddiy qiziqishlariga sabab bo‘layotgan belgiyalik vingeri Eden Azarnini sotmaydi. Bu haqda Express nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “aristokratlar” 28 yoshli belgiyalik futbolchining transferi borasida bildiriladigan har qanday taklifni rad etishadi. Bunga FIFAning “Chelsi”ga transferlar bo‘yicha qo‘ygan cheklovi sabab bo‘ladi.
Shu tariqa Azar “Chelsi”ni 2020 yilda, ya’ni shartnomasi tugagach, erkin agent sifatida tark etadi.
Ma’lumot uchun, Azar joriy mavsum “Chelsi” safida jami 38ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar