
"Chelsi" "Barselona" vingeriga qiziqish bildirmoqda
"Chelsi" "Barselona" vingeri Rafinya Diazni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
"Sport" nashri xabariga ko‘ra, "arsistokratlar" braziliyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Rafinya bu mavsumda "Barselona" rahbariyatida yaxshi taassurot qoldirmadi. 26 yoshli vinger feyr-pley va ish haqi bilan bog‘liq vaziyatni yumshatish uchun mavsum oxirida sotilishi mumkin. U o‘tgan yozda "Lids" jamoasidan 58 million evro evaziga Kataloniya jamoasiga kelib qo‘shilgan edi.
"Barselona"ga o‘tishdan oldin Rafinya "Chelsi"ga o‘tishga juda yaqin edi. London jamoasi "Lids" bilan kelishuvning barcha shartlarini kelishib olgan edi. Biroq futbolchining "Barselona" variantni afzal ko‘rdi.
Fikrlar