
“Chelsi” bir jamoadan 170 million evroga ikki futbolchini oladi
“Chelsi” katta xarajatlar jamoaga foyda keltirmasligini bilsa-da, yangi transferlar uchun pul sarflashni davom ettirmoqda.
The Evening Standard nashriga ko‘ra, “aristokratlar” Portugaliya chempionati vakili “Sporting” bilan bog‘lanib, himoyachi Usmon Diomande va hujumchi Viktor Dokereshni transfer qilishni so‘ragan.
Londonliklar har ikki o‘yinchi uchun portugaliyaliklarga 170 million evro to‘lamoqchi.
Ivuarlik Diomande joriy mavsumda milliy chempionatda 14 ta uchrashuvda qatnashib, bitt grl urdi. Shvetsiyalik Dokeresh esa, 13 ta o‘yinda raqiblar darvozasini o‘n marotaba ishg‘ol qilib, jamoasining musobaqa jadvalida birinchi o‘rinda borishini ta’minlab turibdi.
Fikrlar