
“Chelsi”: Birinchi nishon aniq
“Chelsi” qishki transferlar oynasi ochilishi bilan “Fenerbahche” himoyachisi Atilla Salaeni xarid qilmoqchi.
Vengriyalik futbolchi yozda o‘tkazilgan Evropa chempionatidagi ishonchli o‘yinlari orqali bir necha grand klublar qatori “Chelsi” e’tiboriga ham tushdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, 23 yoshli markaziy himoyachiga “aristokratlar”dan tashqari “Lester” va “Vest Xem Yunayted” ham ish berishga tayyor.
“Fenerbahche” Salae transferidan mo‘may daromad qilishni ko‘zlayapti. Shuning uchun turklar Angliya klublaridan qay biri ko‘p mablag‘ taklif qilsa, himoyachini aynan o‘sha jamoaga qo‘yib yubormoqchi.
Fikrlar