
“Chelsi” bosh murabbiy bo‘yicha yakuniy qarorini aytdi
Tomas Tuxel o‘rniga Grem Potter bosh murabbiylikka tayinlanganidan keyin “Chelsi”ning ishlari orqa keta boshladi.
“Aristokratlar” katta ehtimol bilan, joriy mavsumda kuchli to‘rtlikka kira olmaydi va Chempionlar ligasi yo‘llanmasisiz qoladi.
Guardian nashrining aniqlashicha, klub xo‘jayini Todd Byoli tajribali mutaxassisdan darrov natija talab qilmaydigan bo‘ldi. Bu yil Grem Potter jamoani o‘ziga moslashtiradi va kelasi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘radi.
Todd Byoli Grem Potterni har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda. Yanvar oyining o‘zida klub 300 million evrodan ziyod xarajat qilib, bir necha yuqori saviyali o‘yinchilarni transfer qildi.
Fikrlar