
“Chelsi” bosh murabbiylikka “Real” ko‘zlagan supermutaxassisni olib keladi
Angliyaning mutaxassis Grem Potterni iste’foga chiqargan “Chelsi” uning o‘rniga mashhur murabbiyni olib kelmoqchi.
The Independent nashrining ma’lum qilishicha, “aristokratlar”ni boshqarishga Maurisio Pochettino taklif etiladi.
Argentinalik murabbiy “Tottenxem” va PSJdagi faoliyatidan keyin ayni paytda ishsiz yuribdi.
Maurisio Pochettino xizmatlariga “Real” ham ko‘z tikkan. Londonliklar murabbiyni olish uchun madridliklar bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. O‘z navbatida, “Tottenxem”ning aksariyat futbolchilari jamoaga Pochettinoni qaytarishni so‘rayotganini ham inobatga olish lozim.
Fikrlar