“Chelsi” boshqa bosh murabbiy topdi

  • 19 yanvar, 2023, 18:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Chelsi” rahbariyati jamoani Grem Potterga topshirganidan keyin natijalar keskin pasayib ketdi.

Hozircha, bosh murabbiyga iste’fo talabi qo‘yilmadi. Lekin tez orada ko‘rsatkichlar ko‘tarilmasa, u joyini bo‘shatishiga to‘g‘ri keladi.

Klub mutasaddilari vaqtni boy bermaslik uchun yangi bosh murabbiy qidira boshladi.

Bild nashrining yozishicha, “aristokratlar” Grem Potter iste’foga chiqariladigan bo‘lsa, uning o‘rniga Oliver Glasnerni olib kelishi mumkin. 48 yoshli avstriyalik mutaxassis 2019 yildan beri “Ayntraxt”ni boshqaryapti.

Glasner ungacha “Volfsburg” jamoasida faoliyat yuritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!