“Chelsi” bu uch futbolchi kelganidan keyin yangi “Galaktikos”ga aylanadi

  • 11.02.2023 10:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi”ning yangi xo‘jayini Todd Byoli o‘z jamoasini yulduzlar bilan to‘ldirib, uni “Galaktikos”ga aylantirish yo‘lidan bormoqda.

“Aristokratlar” yozda uch nafar futbolchi uchun 200 million funtdan ortiq mablag‘ sarflashni mo‘ljallamoqda.

Rejaning bir qismi amalga oshgan. “Leyptsig” hujumchisi Kristofer Nkunku yozda “Chelsi”ga ko‘chib o‘tishi deyarli hal bo‘lgan. Bu transferni Mett Lou, Devid Orshteyn va Fabritsio Romano kabi insayderlar tasdiqladi.

“Chelsi” frantsiyalik futbolchi uchun 65 million evro atrofida pul to‘laydi.

Nishondagi ikki futbolchini  olish oson bo‘lmasligi hozirdan ma’lum. Jud Bellingem hamda Deklan Rays ko‘p klublar qatori “Chelsi”ning ham nishonida turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!