“Chelsi” eng qimmat darvozabondan voz kechishga qaror qildi

  • 3 dekabr, 2021, 10:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Chelsi” rahbariyati o‘z vaqtida rekord summa – 80 million evroga olingan ispaniyalik darvozabon Kepa Arrisabalagani qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi.

“Latsio” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri anchadan beri Kepani olishga harakat qilmoqda. Arrisabalaga “Chelsi”ga olib kelinganidan keyin o‘z iste’dodini to‘liq namoyon eta olmadi. Ko‘plab xatolar tufayli asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotdi.

“Aristokratlar” birinchi raqamli darvozabon bo‘lish uchun Frantsiyadan Eduar Mendini olib keldi. Katta maosh oladigan Kepa zaxirada vaqt o‘tkazayotgan klubga zarar keltirmoqda. Shu bois, ular Arrisabalagani qo‘yib boradi.

Sarri Kepani yanvarda olmoqchi. Biroq, Eduar Mendi qishda bo‘ladigan Afrika millatlari kubogi musobaqasiga jo‘nab ketadi. O‘sha paytda “Chelsi” darvozasini Kepa qo‘riqlashi kerak. Shuning uchun ham Tomas Tuxel uni qishda emas, balki mavsum yakunlanganidan keyin sotib yuborilishiga ruxsat beradi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!