"Chelsi" etakchisi finalda maydonga tushishi mumkin

  • 22 fevral, 2022, 18:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" futbolchisi Meyson Maunt kecha mashg‘ulotlarga qaytdi. U klub bilan birga kelasi o‘yin uchun tayyorgarlik ko‘rgani aytilmoqda.

Shunga qaramay, bosh murabbiy Tomas Tuxel Meysonni "Lill"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan EChL o‘yinida asosiy tarkibga kiritmoqchi emas. Mutaxassis tavakkal qilishni istamayapti. 

Germaniyalik murabbiy futbolchini "Liverpul" bilan bo‘lib o‘tadigan kubok finalida maydonga tushirmoqchi. Klub finalda yo‘qotishlarsiz harakatlanishni maqsad qilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Meyson Maunt joriy mavsum APLning 21 uchrashuvida 7 gol va 6 assist qayd etgan. 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!