"Chelsi" Felishni Pochettino sabab jamoada olib qolmaydi

  • 30 may, 2023, 17:29
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" klubi portugaliyalik futbolchi Joau Felishni ijara muddati tugagach, sotib olmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Enrike Serezo xabar berdi. 

Uning aytishicha, Felish Madridga qaytadi. Ammo keyin nima bo‘lishi hozircha aniq qilib olinmagan. Ayrim manbalarning xabariga ko‘ra, Joau "Chelsi" yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning rejalariga kiritilmagan. U katta ehtimol "Atletiko"da ham uzoq vaqt qolmaydi va yana APLga qaytadi.

Ma’lumot o‘rnida, portugaliyalik hujumchi "Chelsi" safida APLning 16 o‘yinida 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!