"Chelsi" forvardiga Milan klubi qiziqmoqda
"Chelsi" hujumchisi Olive Jiru "Inter" klubining qiziqishlari doirasiga kirmoqda.
Milanliklar 33 yoshli futbolchini yanvar oyida xarid qilishni ko‘zlashgandi. Endi esa, uni yozda erkin agentga aylanganidan so‘ng, qo‘lga kiritmoqchi.
Jiruning o‘zi faoliyatini "Inter"da davom ettirishga qarshi emas, agarda unga 3 yillik shartnoma taklif qilinsa, albatta! Hozirgi paytda, forvardning maoshi yiliga 8 mln evroni tashkil etadi.
O‘z navbatida Milan klubi Jiru bilan 2+1 ko‘rinishidagi bitim taklif qilmoqchi va unga yiliga 6,5 mln evrodan kamroq maosh berishga tayyor. Jamoa safida faqatgina Romelu Lukaku va Kristian Eriksen buncha maosh ishlab topadi.
Fikrlar